"Atletiko", "Tottenxem", "Everton" va "Vest Xem" italiyalik mutaxassisni olib kelmoqchi, ammo...

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2023, 23:30
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri APL va LaLiga klublari e'tiboriga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Angliyada 64 yoshli mutaxassisga "Tottenxem", "Everton" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. Ular murabbiyga yozda taklif yuborishmoqchi. Ispaniyada esa Sarrini "Atletiko" kuzatib boryapti.

Italiyalik murabbiy faoliyatini "Lacio"da davom ettirmoqchi, u o'tgan yili klub bilan 2025 yilgacha bo'lgan bitim tuzgan edi.

A SERIYA TURNIR JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Messaggero