"Atletiko" himoyachisi "Real" bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2018, 18:40
"Atletiko" matbuot xizmati jamoa himoyachisi Xose Mariya Ximenesning tibbiy ko'rigi borasida hisobot berdi.

Urugvaylik futbolchi "Ueska"ga qarshi LaLiganing 6-tur bahsida jarohat olgan edi. Futbolchi uchrashuvning 38-daqiqasida maydonni tark etdi.

Tibbiy ko'rikdan so'ng Ximenesda jiddiy shikastlanish yo'qligi aniqlandi va "Real"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

"Real" - "Atletiko" o'yini 29 sentyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: atleticodemadrid.com