"Atletiko" himoyachisi "Betis"ga o'tishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023
"Atletiko" himoyachisi Xaver Galan "Betis" safiga o'tishi mumkin.

Seviliyaliklar Galanni "Milan"ga o'tayotgan Xuan Mirandaga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

"Betis" va "Atletiko" o'rtasidagi muzokaralar bir necha hafta davom etmoqda. Kelishuvning bir qismi sifatida "Sevilya" futbolchisi Gvido Rodriges bo'lishi mumkin. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone shahsan ushbu transferni istamoqda. Argentinalikning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan, shuning uchun klub uning transferidan pul ishlab qolishni niyat qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: todofichajes.com