"Atletiko" "Barselona" tarbiyalanuvchisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2021, 02:42
Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal"ning ispaniyalik himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "matraschilar" yozgi transferlar vaqtida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqdalar. Belerin "Atletiko" tarkibida Angliyaga qaytishni istayotgan Kiran Tripperning o'rnini egallashi mumkin.

26 yoshli Belerin "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Arsenal"da 2013 yildan beri o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 35 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca