"Atletiko" 5 safar o'yinini muxlislarisiz o'tkazadi

Mirjalol Normatov
17 okt 2024
"Atletiko" muxlislari jamoasining 5 safar o'yinida jamoasini stadiondan qo'llab-quvvatlay olmaydi.

Madrid klubi kelasi 5 o'yinda safar jamoasi muxlislari sektori uchun chiptalar sota olmaydi. Shu orqali "Atletiko" LaLigada "Betis" va "Malorka", Ispaniya Kubogida "Vik", shuningdek, YCHLda PSJ hamda "Sparta" jamoalariga qarshi o'yinlarni muxlislarisiz o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 29 sentyabr kuni "Real"ga qarshi bo'lgan derbi o'yinlaridan keyin jamoaning 3 uy o'yinida tribunalarning qisman yopilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, qo'mita yana bir jazo sifatida stadionni to'liqligicha 15 kunga yopishga qaror chiqardi.

Undan tashqari, "Benfika"ga qarshi YCHL o'yinidan keyin klub turnirning bir safar o'yiniga chipta sota olmasligi bo'yicha taqiq olgan, 30 ming evro jarimaga ham tortilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com