“Atletik”ka mag'lub bo'lgan “Betis” ustozi iste'foga chiqarildi

21 iyun 2020, 07:05
“Betis” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xoan Rubini o'z vazifasidan ozod etdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra Ispaniya chempionati 30-turidan o'rin olgan “Atletik”ka qarshi (0:1) bellashuvdan keyin klub rahbariyati ushbu qarorga kelgan. Mavsum oxiriga qadar Aleksis Truxilo jamoani boshqarib turadi. Futbolchilik davrida 7 mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Truxilo klub safida 264 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2016/17 yilgi mavsumda ham so'nggi ikki turda jamoaga murabbiylik qilgan.

“Betis” shuningdek Rubi va uning yordamchilariga klubga bo'lgan sadoqati uchun minnatdorchilik bildirgan.

La Liga 30-turidan keyin “Betis” 30 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi tur uchrashuvini safarda “Levante”ga qarshi o'tkazadi. 


Manba: "Бетис" клуби расмий сайти