"Atalanta" "Milan" himoyachisini ijaraga oladi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2020
"Milan" klubi himoyachisi Mattia Kaldara faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin.

Bergamo klubi 25 yoshli italiyalik futbolchini bir yarim yil muddatga ijaraga olishni istayapti. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marcio ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Kaldara "Atalanta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Bergamo shahri jamoasi sharafini 2013-2017 yillarda himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia