"Aston Villa"ga "Chelsi" hujumchisi kerak

Aslanov Jasurbek
21 mar 2023, 01:10
Romelu Lukaku tez orada Angliyaga qaytadi.
Ayni damda ijara asosida "Inter" sharafini himoya qilayotgan Romelu Lukaku yozda APLga qaytishi mumkin. Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo'lgan forvardga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Italiya grandi Lukaku bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagani yo'q, chunki futbolchining jismoniy holati klubni qoniqtirmayapti.

Yozda ijarasi tugaydigan Lukakuga "Aston Villa" "og'iz solish"ga urinib ko'radi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Todo Fichajes