Artur "Liverpul"dagi davri qanday o'tganini baholadi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2023
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur "Liverpul"dagi faoliyati haqida gapirdi.

"Shunchaki omadim kelmadi. Biroq bu o'tmishda qolib ketdi, hozir anchagina yaxshi holatdaman. Maydonga tushib, o'zimning mahoratimni, darajamni ko'rsatmoqchiman. "Liverpul"da og'ir damlarimni o'tkazdim. Biroq Klopp va jamoadoshlarim menga yordam berib turishdi.

Turinga qaytyapman, lekin navbatdagi mavsumda qaysi jamoa tarkibida o'ynashimni bilmayman. Oldinda uzoq vaqtlik transfer oynasi bor", - dedi futbolchi "Mundo Deportivo" nashri.

Artur o'tgan mavsumni "Liverpul" tarkibida ijarada o'tkazdi va faqatgina 2 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo