

"The Guardian" nashri jurnalisti Jeykob Steynbergning yozishicha, transfer ishlari ikki kun ichida hal bo'ladi. O'z navbatida Fabricio Romano ham ishlar bugun yoki ertaga to'liqligicha bitishi borasida ma'lumot berdi. Barcha tomonlar kelishuvning so'nggi bosqichlarini kelishish jarayonida.
Kecha "Arsenal" "Vest Xem"ga 100+5 million funtlik taklif bilan chiqqani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Shundan keyin "Manchester Siti" Deklan Rays uchun kurashdan chiqqandi.



