Arne Slot "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyat sababini aytdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 23-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi kechgan drama (2:3) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Natija albatta xafa qilarli, chunki o'yin oxirida gol o'tkazib yuborish va vaziyatni o'nglash uchun vaqt qolmasligi doim yoqimsiz. To'g'risini aytish kerak, raqibimiz hisobni oldinroq ham 3:2 qilishi mumkin edi. Biz hisobni tenglashtirgach, harakat qilishda davom etdik, ammo bazi futbolchilarimizda charchoq alomatlari ko'rinib qoldi.

Men ularni bu uchun tanqid qila olmayman, chunki bir necha kun avval safarda xalqaro o'yinda maydonga tushgandik. Biz evrokubok va ichki chempionat o'yini o'rtasida tiklanish uchun atigi ikki kun vaqt berilgan yagona jamoamiz.

YCHLdagi safardan so'ng, yana bir qiyin jamoa mehmoni bo'ldik. Tarkibda mavjud futbolchilardan foydalanishga majburman. Bunday holatda o'yin taqdirini so'nggi daqiqalarda hal qilishga to'g'ri kelishi ishni yanada qiyinlashtiradi. So'nggi 10 daqiqada aynan shunday bo'ldi, vaholanki ungacha tashabbus biz tomonda edi", - dedi Slot klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com