Arnautovich: "Yomon emas, juda yomon"

Mirjalol Normatov
2 sen 2018
"Vest Xem" hujumchisi Marko Arnautovich APLdagi omadsiz start haqida gapirdi.

"Tezroq gol urishimiz va g'alaba qozonishimiz uchun bir-birimizga ishonishimiz kerak, hozircha bunga kech emas. Muxlislar bizdan ko'prog'ini kutayotganini bilaman.

"Vest Xem" mavsumni yomon emas, juda yomon boshladi. O'z maydonimizda 6 ochko yo'qotdik. Ketma-ket to'rtta o'yindagi mag'lubiyat uchun qancha kechirim so'rasang ham kam", - dedi Arnautovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun