Arnautovich erkin agent maqomida "Bolonya"ga o'tadi

Alisher
28 iyun 2021, 16:52
Hujumchi Marko Arnautovich A Seriyaga qaytadi.

32 yoshli Avstriya terma jamoasi o'yinchisi "Shanxay Port" bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi va erkin agent maqomida "Bolonya"ga o'tadigan bo'ldi.

Oldinroq xabar berilganidek, u "Bolonya" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi, unga ko'ra, Marko bir mavsumda 2,7 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq hujumchi Italiya chempionatida "Inter" (2009/10) tarkibida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano