Arkadiush Milik yangi klubiga o'tishga yaqin

Alisher
18 yanv 2021, 08:53
"Marsel" forvard Arkadiush Milikning transferi bo'yicha yakuniy muzokaralarni olib bormoqda.

Polshalik futbolchi Fransiya klubiga 8 million evro (+3,5 mln bonuslar sifatida) evaziga xarid qilish huquqi bilan 1,5 yilga ijara asosida o'tishga yaqin.

Oldinroq neapolliklarning Polsha terma jamoasi o'yinchisi uchun 15 million evro talab qilishayotgani ma'lum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Milik joriy mavsum "Napoli" safida hali maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport