Argentina terma jamoasi o'yinchisi takroran koronavirusga chalindi

Alisher
7 okt 2020, 12:33
Yarim himoyachi Eduardo Salvio JCH-2022 saralashining Boliviya va Ekvadorga qarshi o'yinlar oldidan Argentina termasidan ketdi.

Futbolchi koronavirusga musbat test topshirdi va karantinga yo'l oldi.

Eslatib o'tamiz, Salvioda sentyabr oyininig boshida COVID-19 aniqlangandi va o'sha payt uning klubi "Boka Xuniors"da kasallik avj olgan edi.

Ekvador va Boliviyaga qarshi o'yinlar mos ravishda 9 va 13 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN