Arbeloaning taktikasi "Fulxem" futbolchilariga yoqmayapti

15 okt 2026, 21:38
"Fulxem" futbolchilari bosh murabbiy Alvaro Arbeloa tanlagan hujumkor o'yin uslubining samaradorligiga shubha bilan qaramoqda.

Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, ayrim futbolchilar mavsumoldi tayyorgarlik boshlanganidan buyon murabbiyning yondashuviga nisbatan ishonchsizlik bildirib kelmoqda. Ular Arbeloa taklif etayotgan hujumkor taktika jamoani raqiblar qarshisida himoyaviy jihatdan zaiflashtirib, ortiqcha xavf ostida qoldirayotganini hisoblamoqda.

Bundan tashqari, asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilar mashg'ulotlar saviyasi ham pasaygan deb hisoblaydi. Ularning fikricha, Arbeloa qo'l ostidagi tayyorgarlik jarayoni avvalgi bosh murabbiy Marku Silva davridagi mashg'ulotlar darajasiga etmayapti.

"Fulxem" uchun Angliya Premer-ligasining joriy mavsumi juda omadsiz boshlandi. Jamoa dastlabki olti turda atigi ikki ochko jamg'ardi va turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph