Angliyada o'yinlarni uchuvchisiz dron bilan suratga olgan erkak hibsga olindi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2015, 18:14
London policiyasi dron (uchuvchisiz apparat) yordamida Angliya Premer-ligasi va quyi ligalar o'yinlarini noqonuniy suratga olgan 42 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosini hibsga oldi.
Xabarlarga ko'ra, Nayjel Uilson ismli kishi britan parlamenti binosida yuz berayotgan vaziyatni suratga olayotganda qo'lga olingan. Unga nisbatan Buyuk Britaniya qonunchiligi uchish qonunlarini buzish buyicha 17ta ayblov qo'yilgan. Uning droni "Arsenal", "Liverpul", "Nottingem Forest" va "Derbi Kaunti" uchrashuvlarini suratga olgan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com