Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbari: "Blatter iste'foga chiqishi kerak"

Aslanov Jasurbek
28 may 2015, 14:47
Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbari Greg Daykning fikricha, FIFA prezidenti Yozef Blatter iste'foga chiqishi kerak.
"Blatter FIFAga bo'lgan ishonchni qayta tiklash haqida bayonot berdi. Ammo u yerda Yozef bor ekan hech qanday ishonch bo'lmaydi. U ketishi kerak. Blatter iste'fo berishi kerak yoki yangi prezident saylanishi lozim. Har ehtimolga qarshi 3 yo'lni ham topish shart. FIFA imijiga etkazilgan zarar juda katta. Blatter boshchiligidagi FIFAga qayta ishonib bo'lmaydi" - deydi Dayk.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com