Andrey Fyodorov: "Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2020, 22:37
Coca Cola Superligasi 4-turida "Metallurg"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yindan keyin tezda taxlil qilish qiyin. So'nggi yillar davomida "Metallurg"ga qarshi o'yinlar qiyinlashib ketmoqda. Bugun ham shunday bo'lishini kutgandik. Statistikaga e'tibor bersak, odatda birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'alabaga erishmoqda. "Metallurg"dan shunday o'yin kutgandik, chunki jamoa oxirgi paytlarda "Lokomotiv"ga qarshi katta kuch bilan o'ynamoqda. Bizda esa muammo shunday bo'lyaptiki, vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda biz gol urib olishimiz kerak edi. O'shanda o'yin boshqacha notada ketardi. Shuningdek, o'yinni o'zgartirish uchun bizda ijobiy hissiyotlar yetishmadi.

Undan tashqari, hujumda agressivlik va kurashuvchanlik ham bizda unchalik o'xshamadi. Hozircha yoshlarning bunday o'yinlarda o'zini ko'rsatishi uchun mahorati yetishmayapti. Yoshlar o'yindan o'yinga endi ular ham tajriba to'plab borishadi. Shuningdek, jamoa ham sekin-sekin yuqori jismoniy holatini tiklab oladi. "Lokomotiv" menga qadar ham shunday hujumkor o'yin ko'rsatgan va bundan keyin ham bu uslub o'zgarmaydi. Bunday o'ynash juda-juda qiyin. Biz o'z principlarimizda qolamiz. Shundan so'ng natija ham keladi. Buni ko'p kutmaymiz.

Uchta gol - "Lokomotiv" uchun juda ko'p. Bu g'alabada "Metallurg" posbonining o'rni juda katta. U bizning ko'plab zarbalarimizni qaytardi va gollardan asrab turdi.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz