

Ushbu bahsni "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bevosita stadiondan kuzatgan. Murabbiy ushbu bahsda Iberiya" jamoasi sardori Gizo Mamageishvili va "Dila Gori" yetakchisi Aleksandre Andronikashvilini ko'rish uchun borgan.
Ma'lumot uchun, Gizo Mamageishvili joriy mavsum barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 10 ta golga assistlik qilgan. Transfermakt nashri 22 yoshli hujumkor yarim himoyachini 600 ming evroga baholagan.
Himoyachi Aleksandre Andronikashvili esa 42 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 4 ta assist bor.





