Andijon va Paxtakor Gruziyaning eng yaxshi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Khoja
12 dek 2024, 09:58
Saburtalo jamoasi himoyachisi Giorgi Djgerenaya faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.

30 yoshli himoyachiga Andijon va Paxtakor qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, himoyachi yakunlangan mavsumda Gruziya chempionatining eng yaxshi himoyachisi bo'lgan. U Gruziya chempionatida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarket nashri futbolchini 200 ming evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia