Ana xolos. Sarri ertaga ham Ronaldu maydonga tushmasligini aytdi

Alisher
22 noya 2019
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Atalanta"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligini aytdi.

- Ronaldu ertaga o'ynamaydi, - dedi Sarri matbuot anjumanida.

- U seshanba kuni o'zini yomon his qilayotganini aytdi. Muayyan paytlarda o'yinchi uchun tiklanish talab etiladi. Bizning maqsadimiz - Ronalduni Yevropa chempionlar ligasi o'yiniga qadar qaytarish.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" ertaga "Atalanta" maydoniga safar uyushtiradi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: legaseriea.it