Amet Memet: “Bugun “So'g'diyona” bizga yaxshi saboq berdi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 20:38
“Neftchi” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo'lib “Neftchi” maslahatchi murabbiyi Amet Memet ishtirok etdi.
Amet Memet (“Neftchi” maslahatchi murabbiyi): – “Bugun “So'g'diyona” bizga yaxshi saboq berdi. Men aynan mana shu narsani sezgan holda o'yinchilarga raqibni mensimaslik yomon oqibatga olib kelishini o'qtirgandim. Lekin baribir bu narsa bizga pand berdi. Zamonaviy futbolda kuchsiz raqibning o'zi yo'q. Jamoa qanchalik kuchli bo'lsamin, raqib ham futbol o'ynashini unutmaslik lozim. 

Bugun ayrim futbolchilarga dam berishimning boisi, oldinda bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Shogirdlarimni mana shu bahslarga zuriqishsiz tayyorlashni maqsad qilgandim. Ammo mag'lubiyat futbolning bir qismi ekanligini unutmaslik kerak. “So'g'diyona”ni g'alaba bilan tabriklayman”. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz