

Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi.
Manbaning yozishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchi "Barselona"ning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylangan.
"Barselona" futbolchining transferi uchun 100 million evro sarflashga tayyor.
Alvares "Atletiko"da 2024 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. U 2025/26 yilgi mavsum 47 o'yinda 19 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 90 million evroga baholagan.



