Allegri: "Yuve"da Ronaldudan ko'p narsa kutishadi, u esa o'zidan bundanda ko'prog'ini talab qiladi"

Aslanov Jasurbek
22 sen 2018, 16:32
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Frozinone"ga qarshi A Seriyaning 5-tur uchrashuvidan oldin jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'yini haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu - "Yuventus" uchun juda omadli xarid. Ammo "Keksa sinora" unga bog'lanib qolmagan. Biz doimo Ronaldudan ko'p narsa kutamiz, u esa o'zidan ko'prog'ini talab qiladi. Biz maydonda futbol o'ynab, undan rohat olishda davom etishimiz kerak. Chorshanba kuni qo'lga kiritgan g'alabamiz ortda qoldi" - deydi Allegri.

"Frozinone" - "Yuventus" uchrashuvi 23 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com