Allegri: "Pogba bu iqtidori bilan yanada yuqori darajada o'ynashi mumkin"

13 yanv 2015, 01:56
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Pol Pogbaning kelajagi porloq ekanini ta'kidlab o'tdi.
Umid qilamanki, Pogba Zidan va Platini kabi yuqori cho'qqilarni zabt eta oladi. Pol Pogba hali yosh. U juda yuqori iqtidor sohibi sanaladi. "Napoli"ga qarshi o'yinda Pogba fantastik gol muallifiga aylandi. Umuman olganda Pogba o'yinni juda yaxshi o'tkazdi. Pol Pogba bu iqtidori bilan yanada yuqori darajada o'ynashi mumkin.

Manba: soccer.ru