Allegri MYUda ishlashni maqsad qilgan

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2020, 12:50
"Yuventus" sobiq ustozi Massimiliano Allegri Ule-Gunnar Sulsher iste'fosidan so'ng "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Yuventus"ni tark etganidan so'ng MYUda ishlashni maqsad qilib, tanaffus olgan edi va ayni damda ingliz klubidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatyapti. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi iste'fo xavfini sezmayapti, ammo Angliya liga Kubogida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat MYUning mavsumdagi eng yomon o'yini ekanligini aytdi. Klub so'nggi 6ta uchrashuvda 2ta g'alabaga erishdi.

Massimiliano Allegri kelajakdagi klubida jiddiy sport direktori ishlashini xohlayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail