

Bir necha yildan buyon oliy ligada o'ynab kelayotgan Alibobo Rahmatullaev va Farrux Shotursunov yangi mavsumni debyutant klub safida boshlashlari mumkin. Hozircha bu futbolchilar jamoa safida ko'rikdan o'tishmoqda.
5 dekabrda boshlangan ilk yig'in 28 dekabrga qadar davom etadi. Yangi yildan so'ng "Obod"da yana bir necha yangi futbolchilar paydo bo'lishi kutilmoqda.



