Alibobo Rahmatullaev va Farrux Shotursunov "Obod"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
25 dek 2015, 11:14
Oliy ligaga chiqqan "Obod" klubi yangi mavsumga jiddiy tayyogralik ko'rmoqda.

Bir necha yildan buyon oliy ligada o'ynab kelayotgan Alibobo Rahmatullaev va Farrux Shotursunov yangi mavsumni debyutant klub safida boshlashlari mumkin. Hozircha bu futbolchilar jamoa safida ko'rikdan o'tishmoqda.

5 dekabrda boshlangan ilk yig'in 28 dekabrga qadar davom etadi. Yangi yildan so'ng "Obod"da yana bir necha yangi futbolchilar paydo bo'lishi kutilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia