Aleksandr Xomyakov: "O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yiniga bunchalik ko'p odam kelishini kutmagandik"

Narzulla Saydullayev
11 fev 2016, 13:40
Kecha futzal bo'yicha Osiyo chempionati 1-turidan o'rin olgan dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Universal" sport saroyida o'tgan Eron - Iordaniya uchrashuvini "Mashal" klubi murabbiylari va futbolchilari tomosha qilishdi. Fursatdan foydalanib jamoa ustozi Aleksandr Xomyakovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekistonning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Jamoaning imkoniyatlariga baho bera olmayman, sababi futzaldan uzoqman. Ammo nima bo'lsa O'zbekiston terma jamoasi qita chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshman. Bu mamlakat sporti uchun juda muhim hisoblanadi.


- Ayni paytda O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tmoqda, lekin bu yerdasizlar?

- Aslida biz O'zbekiston terma jamoasining o'yiniga kelgandik. Ammo sport saroiyga bunchalik ko'p odam kelishini ochig'i kutmagandik. Shu bois Eron - Iordaniya uchrashuvini tomosha qilish uchun "Universal" sport saroyiga keldik. Eron juda kuchli jamoa ekaniga guvohi bo'ldik, - deydi Aleksandr Xomyakov.


Marat Aksanov suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia