Alan Zagoev Gretsiya klubi bilan kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023
SSKA, "Rubin" va Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Alan Zagoev faoliyatini Gretsiyaning "Lamiya" jamoasida davom ettiradi.

Bu haqda euro-football.ru sayti xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi klub bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan va u 28-sentyabr, payshanba kuni Gretsiyaga yetib borishi kerak.

Zagoev 2023 yilning iyulidan buyon erkin agent hisoblanadi. Xavbek 2022/23 yilgi mavsum "Rubin" safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Lamiya" 6 ta uchrashuvda 6 ochko jamg'argan holda Gretsiya chempionati musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Ushbu jamoada 2010 yildan 2017 yilgacha Zagoev bilan SSKAda o'ynagan yarim himoyachi Zoran Toshich o'ynaydi.

Avvalroq Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning "Panserraikos" jamoasiga o'tgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru