"Al-Nasr" sobiq ustozi "Jenoa" bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2018
"Jenoa" rasmiy sayti Chezare Prandelli klub bosh murabbiyiga aylanganini e'lon qildi.

Italiya OAVning bergan ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis 7 dekabr kuni mashg'ulot o'tkazadi. Prandellining so'nggi ish kuni BAAning "Al-Nasr" klubi bo'lgan.

"Jenoa" rahbariyati Italiya Kubogida "Virtus Entella"dan uchralgan mag'lubiyatdan (3:3, penaltilar bo'yicha 6:7) so'ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurichni ishdan bo'shatdi.

Yurich joriy yilning 9 oktyabr kuni "Jenoa" ustozi sifatida e'lon qilingan edi.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/GenoaCFC