Aguero: "Ibragimovich bilan raqobat haqida o'ylamayapman, chunki o'zim bilan kurashyapman"

Aslanov Jasurbek
28 avg 2016, 17:43
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero "Manchester Yunayted" forvardi Zlatan Ibragimovich bilan raqobat haqida bosh qotirayotgani yo'q.

"Biz Ibragimovich bilan mavsumni yaxshi boshladik, ikkalamiz ham yaxshi holatdamiz va gol uryapmiz. Ammo u bilan raqobat haqida o'ylamayapman. O'zim bilan kurashyapman. Mavsumdan-mavsumga rivojlanmoqchiman. Agar buni uddalay olsam, futbolchi sifatida o'sishda davom etaman.

"Manchester Siti"dagi maqsadim - sovrinlarni qo'lga kiritish. Asosiy vazifa esa - Chempionlar ligasi, keyin APL va boshqa turnirlar" - deydi Aguero.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal