

"Cindao Huanxay" o'tgan yil Xitoy Birinchi ligasida g'olib chiqib, joriy mavsumdan e'tiboran Xitoy Superligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Jamoa safida ispaniyalik taniqli futbolchi Joan Verdu, Kot-dIvuar terma jamoasi hamda "Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq a'zosi - Yaya Ture harakat qiladi. Jamoani ispaniyalik Xuan Manuel Lillo boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, AGMK bunga qadar Toshkentdagi tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismida "Oq-tepa" (3:0) hamda "Surxon"ga (3:1) qarshi nazorat o'yinini o'tkazib, har ikkala bahsda g'alaba qozongandi. O'yin 5 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Olmaliqliklar bundan tashqari Dubaydagi yig'in doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchishdi.
Ma'lumot o'rnida: AGMK 27 yanvar kuni boshlangan yig'in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan va yig'in doirasida yana qator nazorat uchrashuvlari belgilangan.

AGMKning Dubaydagi yig'inidan suratlar








