OKMK – "Al Sib" uchrashuvi translyatsiya qilinadimi?

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023, 14:15
"Sport" telekanali Olmaliq shahriga o'z ishchi-guruhini yuboradi.

"Championat.asia" saytiga ma'lum bo'lishicha, uchrashuv "Sport-2" kanalida namoyish qilinadi.

Avvalroq O'zPFL bellashuv eng kamida YouTube platformasi orqali jonli ko'rsatilishini, mazkur bahsni MTRK telekanali yoki boshqa ilovalari orqali namoyish etilishi masalasi tez orada hal bo'lishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

OCHL saralash bosqichi doirasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia