

"Yaya Turening "Manchester Siti"dan kyetishi aniq. Buni xotirjam tasdiqlashim mumkin. Turli takliflar qabul qildik va ularni o'rganyapmiz. Hozircha bir qarorga kelmadik. Pul - yangi klub tanlashda katta ahamiyatga ega emas. Birinchi navbatda klubning g'oyasi qiziqarli bo'lishidir. Eng yaxshisini tanlaymiz.
"Inter"? Bu buyuk klub va ko'pchilik Yaya hamda Manchini o'rtasidagi munosabatlarni yaxshi biladi, ammo oldinroq aytganimdek, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Nerazurrlarda ajoyib loyiha bor va "Inter" fantastik klub" - deydi Selyuk.



