Agent: "Roma" hozircha Bastosga yangi shartnoma taklif qilgani yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
3 may 2014, 09:32
Mishel Bastosning agenti Emmanuel de Kirchovening aytishicha, rimliklar uning mijozi bilan hozircha muzokara olib borishmayapti.
"Bu mavsum Bastos uchun omadli kelmoqda. U o'zini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda.

Lekin, "Roma"dan taklif bo'lgani yo'q. Shu sababli, Mishel kelasi mavsumni qaysi jamoa safida boshlashi hozircha aniq emas", - deydi agent.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net