

Uchrashuv chog'ida OFK vakillari O'zbekistondagi ichki musobaqalarda kelishilgan o'yinlar tashkil etilishiga qarshi kurashda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasini to'liq qo'llab-quvvatlashini hamda bu borada o'zaro hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini ma'lum qilishgan edi. O'z navbatida Ravshan Ermatov ham mamlakatimizda futbolning rivoji uchun to'sqinlik qilayotgan turli qing'irliklardan holi bo'lish muhim ekani, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashda O'FAning qita futbol konfederatsiyasi bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishi yanada samara berishini takidlagan edi.
Shu maqsadda kuni kecha AFC Integrity vakillari yurtimizga tashrif buyurib, Superliga va Pro-liga klublari bosh murabbiy va rahbarlari uchun maxsus seminar tashkil etishdi. Seminar davomida kelishilgan o'yinlar tashkil etilishining oldini olish, o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatilishiga qaratilgan har qanday xatti-harakatga qarshi kurashish bo'yicha zarur tavsiya va ko'rsatmalar taqdim etildi.



