“Abbosbek Fayzullaevni SSKAning yetakchisi deb atashga hali erta”

Khoja
5 fev 2024, 09:58
SSKA sobiq futbolchisi Andrey Afanasev "armiyachilar" a'zosi Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

“Abbos SSKA uchun ajoyib xarid bo'ldi desak bo'ladi. U chempionatning ilk davrasini ajoyib tarzda o'tkazdi. Maydonda yaxshi harakat qildi, sheriklarini bir necha bor yaxshi imkoniyatga olib chiqdi. Uni hozirning o'zidan SSKA yetakchisi deb atasak bo'ladimi?

 Hali erta, biroq u musobaqaning ikkinchi davrasida ham shunday o'yin ko'rsatsa, keyin fikrimizni o'zgartirsak bo'ladi. Yetakchi bo'lish oson emas, chunki bu darajadagi futbolchilar har doim bir xil darajada ajoyib o'yin ko'rsatishlari lozim”, - dedi SSKA sobiq murabbiyi.


KhojaMuallif
Manba: РБ Спорт