Aaron Remzi: "Italiyada taktikaga Angliyadagiga nisbatan ko'proq e'tibor qaratiladi"

11 yanv 2020, 22:38
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi Italiya A Seriyasini APL bilan solishtirdi.

"Bu yerda APLga nisbatan taktikaga ko'proq e'tibor qaratiladi. Aksar jamoalar chuqur himoyalanishadi, sizdan ikki qatorli himoya chizig'ini yorib o'tish talab qilinadi. Bu jarayon davomida bir necha xil taktikaga murojaat qilishga majbur bo'lasiz. Angliyada maydonda ko'proq hududga ega bo'lishingiz mumkin, u yerda intensivlik yuqori. Ammo men A Seriyaga texnik va sifat jihatidan qoyil qoldim", - deydi uelslik futbolchi.


Manba: Sky Sport Italia