16-turda eng ko'p tomoshabin Buxoroda, eng kami Muborakda

Narzulla Saydullayev
5 avg 2015
Oliy liganing ikkinchi davrasining dastlabki tur o'yini bo'lib o'tdi.

16-turning 8ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 47060 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 5882 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuviga keldi – 9701. Eng kam tomoshabin esa “Mashal” – “Navbahor” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun Muborakdagi “Bahrom Vafoev nomidagi” stadioniga 1572 nafar tomoshabin keldi.

Ma'lumot uchun, hozirgacha bo'lib o'tgan 128ta o'yinni ko'rish uchun stadionlarga 714643 nafar tomoshabin kelgan. O'rtacha har bir o'yinga 5583 tomoshabin to'g'ri keladi.

Bu mavsumda eng ko'p tomoshabin 10-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" o'yiniga keldi - 17143. Eng kam tomoshabin esa 3-turning qoldirilgan o'yini bo'lgan "Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvida kuzatildi - 522.



Oliy liga. 16-tur
Buxoro (Buxoro) – Bunyodkor (Toshkent) - 1:2. 9701 tomoshabin

Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi) – 0:1. 9522 tomoshabin

So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Navoiy) - 4:1. 8153 tomoshabin

Olmaliq (Olmaliq) – Paxtakor (Toshkent) – 1:2. 6870 tomoshabin

Sho'rtan (G'uzor) – Neftchi (Farg'ona) - 4:1. 4924 tomoshabin

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Dinamo (Samarqand) – 3:1. 4499 tomoshabin

Lokomotiv (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) – 1:1. 1819 tomoshabin

Mashal (Muborak) – Navbahor (Namangan) – 2:2. 1572 tomoshabin


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia