So’nggi yangiliklar

16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  12 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  19 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6

"Turon" – "Neftchi" uchrashuvi noyabrga belgilandi Yangiliklar

"Turon" – "Neftchi" uchrashuvi noyabrga belgilandi

Coca Cola Superligasi 19-turidan o'rin olgan "Turon" – "Neftchi" uchrashuvi 9 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

10 noyabrda esa mazkur tur doirasidagi yana bir uchrashuv — "Buxoro" – "Olimpik" o'yini o'tkaziladi.

"Liga taqvim tuzishda Qo'qon mezbonlik qilayotgan yirik xalqaro festivalni inobatga olgan bo'lib, "Qo'qon-1912" futbol klubi ishtirokidagi o'yinlar sanasini shundan kelib chiqib belgilagandi. Biroq festivalga xorijdan kutilganidan ko'proq mehmonlar kelayotgani inobatga olinib, Farg'ona viloyati hokimi Qo'qonga qo'shni bo'lgan Yaypandagi chempionat uchrashuvi sanasini o'zgartirish masalasida taklif bilan chiqdi. "Turon" va "Neftchi" xalqaro maydonda ishtirok etmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi. Boisi, so'nggi yillarda Farg'ona derbisi o'ziga hos ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqib, biz uchun xavfsizlik masalasi birinchi o'rinda turadi.

Avvalroq Liga "Olimpik" futbol klubi asosini tashkil qiluvchi qator futbolchilar Osiyo o'yinlarida ishtirok etishidan kelib chiqib, jamoaning 19-turdan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi o'yinini noyabr oyidagi FIFA kunlariga yaqinlashtirishga qaror qilgandi. Endilikda Farg'onaning ikki klubi ham shu pallada kurash olib borishi belgilandi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика