Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"
07 ноя 00:58
Новости
Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"
"Ал Насср" сардори Криштиану Роналду Саудия Арабистони чемпионати Франция ва Португалия чемпионатларидан кучлироқ эканлигини атди.
"Агарда ҳозир ҳам Англиянинг бирор топ-клубида ўйнасам, шунча гол урардим. Саудия Арабистони чемпионати Португалия ва Франция чемпионатларидан кучлироқ.
"Олтин бутса" учун курашда Саудия Арабистони чемпионати голларини ҳам яхшироқ ҳисобга олиш керак. Чунки мен учун Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ", - деди Роналду.
40 ёшли Роналду 2023 йил январидан буён ўйнамоқда. Шу вақт мобайнида у жамоа таркибида 115 ўйинда қатнашиб, 102 гол ва 21 ассист қайд этган.
Бунга қадар у "Реал", "Ювентус" ва "Манчестер Юнайтед" каби жамоаларда ҳам ҳаракат қилган.
Похожие новости
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Комментарии
«Men o‘zimni eng yaxshi deb hisoblamayman. Men har kuni o‘zimni takomillashtirishga, jamoaga yordam berishga va g‘alaba qozonishga harakat qilaman.»
???? Marca intervyusi, 2019
«Men o‘zimni hech kim bilan solishtirmayman. Menga g‘alaba qozonish yoqadi, lekin eng zo‘r ekanligimni isbotlashim shart emas.»
???? France Football intervyusi, 2021
«Agar kimdir meni eng yaxshi deb hisoblasa — bu yoqimli. Lekin men bu haqida o‘ylamayman.»
???? "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidan so‘ng, 2023
«Men eng yaxshi, ikkinchi yoki uchinchi bo‘lish uchun o‘ynamayman. Meni tarixdagi eng yaxshi deb hisoblashadimi — menga farqi yo‘q. Men hech qachon bunga intilmaganman.»
???? TyC Sports (Argentina) intervyusi
«Men eng yaxshimisman yoki yo‘qmi, bu haqida o‘ylamayman. Oxir-oqibat, hatto eng yaxshi bo‘lsam ham — bu hech narsani o‘zgartirmaydi.»
???? ESPN intervyusi, 2019
«Meni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atashlarining o‘zi menga yetadi. Men birinchi bo‘lishim yoki bo‘lmasligining farqi yo‘q. Men hech qachon “eng zo‘r” bo‘lishga intilmaganman.»
???? L’Équipe / Reuters intervyusi, 7-"Oltin to‘p"dan so‘ng (2021)
????️ Messi Jahon Chempion bo‘lgandan keyin:
«Har doim aytganman: tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanligimni bilmayman. Agar men eng yaxshilardan biri bo‘lsam — bu ajoyib.»
P.S.: Messi har doim kamtar va to'g'ri fikr yuritgan. Uning aytgan gaplari samimiy va hech kimning asabiga tegmaydi. Chunki, faqat hayotidan qoniqish hosil qilmagan odamgina maqtanishga moyil bo'ladi. Ronaldu kak raz o'zini-o'zi maqtagani-maqtagan. Chunki, unga aytilgan maqtovlar kamlik qiladi doim.