So’nggi yangiliklar

16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  0 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  7 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  8 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1

Zohir Qo'ziboev: "Loko"ni qarshi hujumda "qarmoqqa" tushirmoqchi edik..." Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: "Loko"ni qarshi hujumda "qarmoqqa" tushirmoqchi edik..."

"Mashal" hujumchisi Zohir Qo'ziboev "Lokomotiv" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Lokomotiv" chempionatimizning haqiqiy etakchi jamoasi. SHu boisdan uchrashuv biz uchun ikki hissa og'ir o'tdi. Bugungi o'yinga himoyaviy taktika asosida maydonga tushgandik va raqibni qarshi hujumda "qarmoqqa" tushirmoqchi bo'lgandik. Biroq ushbu rejamiz amalga oshmay qoldi. Lekin shunga qaramay, maydondagi harakat bo'yicha "Loko"dek jamoaga ochiqchasiga yutqazmadik. Murabbiy meni zaxiradan maydonga tushirayotganida bergan ko'rsatmalarini deyarli 50%ni bajardim deb o'ylayman. Kimni maydonga tushirishni murabbiy hal qiladi. Diskvalifikaciya tufayli uchta o'yinni o'tkazib yuborgandim. Unga qadar hujumda SHahboz Erkinov harakat qilgandi. Zaxirada qolib ketayotganimga kelsak, ayni paytda Erkinov o'yinga ko'proq tayyorligi bois murabbiylar SHahbozga ishonishmoqda. Raqobat borligi yaxshi. CHunki raqobat bor joyda o'sish kuzatiladi. Keyingi o'yinlarda o'zimni ko'rsatib, asosiy tarkibda maydonga tushishga harakat qilaman. Har bir futbolchi o'z oldiga yuqori vazifa qo'yadi. Ushbu mavsumda ham o'zimni yaxshi taraflama ko'rsatib, grand jamoalar nazariga tushishni maqsad qilganman. "Nasaf"? Ushbu mavzu men uchun ham hozirgacha ochiqligicha qolmoqda. Bu voqea ikkata klub o'rtasidagi gap. Men ham hozirgacha nimaga bunday bo'lganini tushunmay kelyapman", - dedi Zohir Qo'ziboev.
 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика