So’nggi yangiliklar

23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция) 0:1  32 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8

Zohid Nurmatov: "O'qish har tomonlama foydali va qiziqarli o'tmoqda" Yangiliklar

Zohid Nurmatov: "O'qish har tomonlama foydali va qiziqarli o'tmoqda"

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, Toshkentda "A" murabbiylik licenziya uchun o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda.
Unda jami 20 nafar murabbiy tahsil olmoqda. Xususan "Navbahor" murabbiyi Zohid Nurmatov ham "A" licenziyasini qo'lga kiritish ilinjida o'qimoqda.

- "A" licenziyasiga o'qish 1 dekabrdan boshlangandi. Aytish kerakki, bu men kabi boshqa murabbiylar uchun ham har tomonlama foydali va shu bilan birga qiziqarli o'tmoqda - deya gap boshladi Nurmatov.

- Instruktor Islom Ahmedov biz uchun yangilik bo'lgan darslarni juda yaxshi tushuntirib bormoqda. SHuning uchun hamma u kishini maruzalarini diqqat bilan tinglamoqda.

- O'qishda barchasi yaxshi. Kerakli sharoitlar yaratilgan. Turar joy, ovqatlanish va umuman "A" licenziyasiga o'qish uchun to'lov 5 million 700 ming so'm atrofida bo'lyapti.

- To'g'risi, qaysi murabbiy o'qishga qanday to'lov qilgani menga qorong'u. O'zim hozircha to'liq ravishda to'lov qilganim yo'q. (kulib) Balki menga ham klub tomonidan yordam qilinar.

- Mazkur kurs 28 dekabrga qadar davom etadi. Nasib qilsa shundan keyin "A" licenziyasini qo'lga kiritamiz.

- "Cementchi" jamoasiga o'tishimni endi sizdan eshitib turibman. Bu to'g'risida, hozircha hech kim menga rasman taklif bilan chiqmadi. Qolaversa men ayni damda men "Navbahor"da bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovga yordam beryapman. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi, - deydi Zohid Nurmatov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика