So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  10 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  2 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  3 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  18 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Zlatan "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini yodga oldi: "Hey, bolakay! Sen dunyoning eng yaxshi futbolchisini tanimayapsanmi?" Yangiliklar

Zlatan "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini yodga oldi: "Hey, bolakay! Sen dunyoning eng yaxshi futbolchisini tanimayapsanmi?"

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich 2016-2018 yillarda faoliyati o'tgan "Manchester Yunayted" haqida yodga oldi.

"Bir narsa meni hayron qoldirgan. Barchamiz "Manchester Yunayted"ni top-klub sifatida bilamiz, men ham shunday o'ylagandim. Biroq bir kuni kichik detalni sezib qoldim.

Bir kuni o'yindan oldin mehmonxonaga bordik. Nimadir ichgim keldim va mini-bardan mevali sharbat ichdim. O'yinni yakunlab uyga qaytdik.

Oradan vaqt o'tdi. Maoshimizni o'tkazib berishdi. Odatda men bunga yil oxirida qarardim. Biroq bu safar nimadir sabab bilan maoshimni tekshirdim. Klub maoshimdan 1 funt ushlab qolibdi.

Jamoa menejeriga qo'ng'iroq qildim: "Kechirasiz, nega maoshim 1 funt kam?". U menga: "Bu mevali sharbatning puli". "Nima, xazillashyapsizmi?", deb so'radim. "Yo'q. Bu erda olgan narsangga pul to'lashing kerak", deb javob berdi menejer.

Mehmonxonaga o'zim istab borganim yo'q. Dam olishda ham emasdim. Bu er mening ish joyim. Nimani istasam qilishim kerak, nimani istasam ichishim kerak. Maydonda istalgan narsa kuch berishi mumkin.

Funt?! Tasavvur qilyapsizmi, bir funt! Italiyada bunday holat umuman bo'lmaydi. Bu futbolchilarning hurmatini ifodalaydigan oddiy nyuans.

Yana har kuni klub qarorgohiga kirish uchun hujjatlarni tekshirtirish kerak. Bir kuni qorovullarning oynasiga hujjatimni ko'rsatib: "Hey, bolakay! Bu erda o'ynayotganimga bir oydan oshdi. Sen dunyoning eng yaxshi futbolchisini tanimayapsanmi, demak, o'zing istayotgan ishda emassan", deb qo'ygandim", - dedi 40 yoshli Zlatan.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика