Zidanning goli CHempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gol deb topildi
04 may 2020 18:27
Yangiliklar
Zidanning goli CHempionlar Ligasi tarixidagi eng chiroyli gol deb topildi
France Football nashri CHempionlar Ligasida 1992 yildan 2020 yilga qadar bo'lgan eng chiroyli 50ta golni aniqladi.
"Real" sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidanning 2002 yili final doirasida "Bayer" (2:1)ga urgan goli eng chiroylisi deb topildi. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi. Roberto Karlos tomonidan oshirilgan noodatiy pas yuqorilab jarima maydonchasi ichiga yo'l oladi va Zidan to'pni to'xtatmasdan Xans-Yorg Butt qo'riqlayotgan darvozaga yo'llaydi. Bu gol madridliklarga sovrin olib keladi.
Ikkinchi o'ringa "Fiorentina" sobiq yarim himoyachisi Mauro Bressananing 1999 yili "Barselona"ga urgan goli, uchinchi o'ringa esa "Real" sobiq o'yinchisi Krishtianu Ronalduning "Yuve"ga urgan goli qo'yilgan.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar