So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  58 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  25 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  2 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Zidanning asosiy 4 qoidasi Yangiliklar

Zidanning asosiy 4 qoidasi

Teglar :  Zinedin Zidan
Zinedin Zidanning 4ta qoidasi "Real" bilan muvaffaqiyatga erishishda yordam berdi.

"Qirollik klubi"ning yangi ustozi ham "qaymoqranglilar" bilan ishlashda bu qoidalardan foydalansa kerak.


     1. Jamoa - bu oila. Zidan "Real" kiyinish xonasiga xotirjamlik va futbolchilarga ishonch olib keldi. Ahillik haqida hamma bilsa kerak. Zidandan avvalroq "Qirollik klubi"da ishlagan Joze Mourino davrida hamjihatlik yo'q edi.

     2. Rotaciyalar. Zidanning rotaciyalari ko'p maqsadlarga qaratilgan edi. Birinchidan, yangi juftliklar yaratildi, yoshlar kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Ikkinchidan, o'zgarishlar tufayli futbolchilar har bir o'yinda maydonga tushishga tayyor edi. Uchinchidan, bu birinchi qoidaga bog'liq. Futbolchilar maydonga tushib o'yin amaliyotiga ega bo'ladi va jamoa ichidagi atmosferi keskinlashmaydi, chunki hamma o'zini "Real"ning bir qismi sifatida his qiladi.

     3. Futbolchilarning rivojlanishi va o'sishi. "Real"ga 1 mln. evro evaziga kelgan Lukas Vaskes Zidan davrida eng ko'p maydonga tushadigan va "qutqaruvchi" vazifasini bajaradigan (ayniqsa 16/17 mavsumda) futbolchiga aylandi. Kasemiro zamonaviy futbolning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'ldi, Asensio o'zining potencialini ko'rsata boshladi. Navas va Karvaxalda ham o'sish kuzatildi.

     4. Ronalduning tatili. Portugaliyalik Ispaniya Kubogida deyarli o'ynamadi va barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan yagona turnir CHempionlar ligasi bo'ldi. Bu taktika Ronalduga mavsumning hal qiluvchi pallasida yaxshi formada bo'lish imkonini berdi. Forvardning yoshi va joydagi o'zgarish Krishtianuning gollik statistikasiga ijobiy tasir ko'rsatdi va bu Zidanning xizmati.

"Real" ahilligiga salbiy tasir ko'rsatgan birgina futbolchi bo'ldi. Garet Beyl. Zidan ketganidan so'ng uelslik xatto u bilan xayrlashishni ham istamadi.

Har qanday holatda ham Beyl "Real"ning yangi bosh murabbiyi uchun muammo bo'lmaydi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика