Zidan "Sevilya"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi
10 may 2021 11:31
Yangiliklar
Zidan "Sevilya"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yindan so'ng OAV bilan suhbatlashdi.
Ispaniya poytaxtida bo'lib o'tgan o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Tushuna olmayapman, hakam qanday qilib Militao u erda qo'l bilan o'ynagan deb ko'rdi, ammo mehmonlar o'yinchisi bilan sodir bo'lgan vaziyatda buni rad etdi. Hakamni qaroridan xafaman. Hakamlik to'g'risida gapirmaslikka harakat qilaman, ammo hozir men juda noroziman.
Mening shogirdlarim ko'prog'iga loyiq edi, ammo butun ikkinchi taym mobaynida ajoyib futbol ko'rsatdik. Hech narsa qila olmaymiz, ammo "Real" oxirigacha kurashadi", - deydi Zidan.
35 turdan so'ng "Real" jadvalda ikkinchi o'rinni egallab turibdi, etakchi "Atletiko" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
01:50
Sobiq hakam Fernandes Vinisiusning "Alaves" jarima maydonchasida yiqilishi haqida: "Yaqqol penalti" 12
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar