Zidan: "Real"da A-jamoasi va B-jamoasi yo'q"
29 apr 2017 11:54
Yangiliklar
Zidan: "Real"da A-jamoasi va B-jamoasi yo'q"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 29 aprel kuni "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 35-tur uchrashuviga tayyorgarlik haqida gapirib berdi.
"Avvallari o'yinlar kam edi, hozir boshqacha. Mavsumda 30-40 ta uchrashuv o'tkazsang, 12-13 futbolchi etarli bo'ladi. Ammo hozir hamma terma jamoasida o'ynamoqda va mavsumda 60-70 ta uchrashuv o'tkazyapti, bizda A-jamoa va B-jamoa yo'q.
Men ham qolganlari kabiman. SHunchaki o'zimning uslubim bor. Falsafamga tayanib Ronaldu yoki Beylni zaxiraga olaman. Bazida futbolchilarga o'z g'oyalarimni tushuntirib, ular bilan bahslashaman. Keyin hammasi joyiga tushib ketadi. Har bir insonning o'z fikri bor. Ammo men "Real" ustoziman, tarkibni men tanlashim kerak" - deydi Zidan.
"Real" - "Valensiya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar